У нас есть только
оригинальные песни

TO'YLAR MUBORAK BO'LSIN, MO'MINOVA VA MUQIMOV!

calendar 04.07.2010
3738
Yoz fasli to'ylar mavsumi. Tom ma'noda olib qaraganda, 2010 yil ko'plab taniqli xonandalarimiz bo'ydoqlik bilan xayrlashadigan, kelinlik libosini kiyadigan ko'rinadi. Ulug'bek Rahmatullayev dabdada bilan to'y berdi, Lola Ahmedova hurliqo kelin bo'ldi, "Darakchi”ning navbatdagi yolg'oni bilan Shoxruxxonni uylantirib qo'yishdi (1 aprel hazili)...Navbat Sharof Muqimovga yetdi. Bo'lajak kelin ham mashhur. Sharofdan ko'ra anchayin taniqli. Sevinch Mo'minova. Bundan bir necha yillar oldin Sevinch Samarqandga kelin bo'ladi, degan gaplar tarqalgandi. Chunki, oshiq yigit shu shahri azimdan edi-da. Biroq, buxorolik yigit uddaburon chiqib, Sevinchni ilib ketdi. Ayni paytda bo'lajak kuyovto'ra nimalar bilan band?

-Ayni damda uyimda o'zim ta'mirlash ishlari bilan bandman -deydi telefon qo'ng'irog'iga javob berib xonanda- Qo'llarim ham bo'yoq. To'yga tayyorgarlik katta. Boshqa hamkasblarim kabi to'yimni sir tutish niyatim ham yo'q. Muxlislarni aldamasdan yaxshi xabarlarni ularga yetkazib turish kerak. To'yim va bo'lajak rafiqam Sevinch bilan bog'liq savollaringizga bajonidil javob beraman. Faqat ikki qo'lim ham band. Hali qo'ng'iroqlashimizga izn bering- deydi, Mo'minovaning bo'lajak turmush o'rtog'i Muqimov
Яндекс.Метрика