У нас есть только
оригинальные песни

Sardor Rahimxon oktyabr ouida qizlarni yig'latadi...

calendar 04.07.2010
4232
 
Sardor Raximxon - yosh bo'lishiga qaramay san'atda ancha yutuqlarga erishgan, ko'ngli pok yigit. "Ishonmasman” taronasi orqali butun respublikamiz bo'ylab tanildi. Shundan so'ng ijod otini qamchilab, ulkan manzillar tomon, yuksak maqsadlarni ko'zlab bormoqda. "Nihol” mukofoti sovrindori, "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist”. Ayni paytda esa yosh ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etgan yirik prodyuserlik markazi rahbari ham. Yakkaxon konsertlar, filmda bosh rol va saundtreklar, bir necha musiqiy albomlar, nufuzli taqdimotlarda munosib sovrinlar va g'oliblik, Sankt-Peterburgda klip, stadionlarda konsertlar, eng ulug' va aziz bayram sahnalaridagi musiqiy chiqishlar, prezident bilan yuzma-yuz uchrashuv... Xullas, hammasiga o'z aql-zakovati, mehnatsevarligi, ijodkorligi bilan erishdi. Oldinda esa uni bundan-da yorqinroq kelajak: yutuqlar, sermahsul ijod kutayotganligiga ishonamiz. Siz uchun bu yozganlarimiz badiiy chekinish kabi tuyulayotgani rostdir. Biroq, ayni haqiqatning o'zi ham shu-da! O'z yoshiga nisbatan ham, boshqa tengdosh hamkasblariga nisbatan bir necha yillar oldinga o'zib ketgani esa Yaratganning amri desak, mubolag'a bo'lmas. Uning bugungi muxlislar auditoriyasi juda keng. Minglab musiqa shaydolari orasida unga oshiq qizlar kammiq Oktyabr oyi mana shunday muxlisalarni ko'ziga yosh oldirmasdan qo'ymasa kerak. Axir, Rahimxon bo'ydoqlik bilan xayrlashadi. Xozircha ma'lumi, faqat to'yning kuni belgilangiligi. Kelin haqida barchasi sir tutilyapti. Kuni kecha Sardor bilan uchrashib qolganimizda, u to'y kuni yaqinlashib kelayotganidan juda xursandligini bildirdi. Ko'ngli hayratga to'la, ko'zida esa quvonch balq uradi. Darvoqe, Rahmatullayevning to'yida do'sti Rahimxon beliga qamishdan belbog' bog'lab xizmatda turgandi. Xatto to'y ssenariysini ham u tuzgandi. Ko'ramiz, bunday mas'uliyatli vazifani Sardor kimga ishonib topshiradiq Muhimi, mana shunday yaxshi xabarlar ko'paysin. Bizx esa sizlarga yaxshi xabarlarni yetkazishdan charchamaylik.
Яндекс.Метрика