У нас есть только
оригинальные песни

Tohir Sodiqov AQSHda konsert beradi...mi?

calendar 08.07.2010
1790
 
Kuni kecha o'z tavvalud sanasini do'stlari va yaqinlari davrasida nishonlagan Tohir Sodiqov yana ijod ummoniga sho'ng'ib ketdi.

Har doimgidek Vagif Zokirov bilan birgalikda yangi bir qo'shiqni yozib tugatishdi va ayni damlarda mazkur qo'shiqni sayqal ishlari olib borilmoqda. Qo'shiq nomi esa sir. Shu bilan birga, mega-yulduzimiz yaqindagina qayta ta'mirdan chiqqan o'zining "Kelajak RECORDS" ovoz yozish studiyasida yangi takliflarni qabul qilmoqda. Gap shundaki, "Bolalar" guruhi shu yilning sentabr oyida, AQSHga gastrol safari bilan u yerdagi o'zbek muxlislarini hushnud etishni rejalashtirib qo'ygan. Yangiliklarimizni kuzatishda davom eting!
 
[tts.ucoz.com]
Яндекс.Метрика