У нас есть только
оригинальные песни

Ozod shou, mantiq qani?

calendar 11.07.2010
2487
Ozod shou
 
Bu shou uchun mashhurlik ham uvol!



Tanqidiy fikr qanday paydo bo'lishi mumkin? U oldindan reja qilinmaydi yoxud ataylab yozilmaydi. Salbiy va beo'xshov, mazmunan juda kambag'al g'oyalar yuzaga kelganda insoniyat ruhiyotiga ta'siri oqibatida shakllanadi. Bir emas, bir necha insonlarda bunday tushunchaning umumiylashishi esa o'sha g'oyakashlarga nisbatan nafrat hissini uyg'otadi. NTTda namoyish etilayotgan bir shouni yaxshi bilasiz.
Mashhur san'atkorning nomi bilan ataladi. Ibrohim Totlisasdan o'rnak olingani shundoqqina ma'lum. Biroq, o'rtadagi farq yer bilan osmon qadar! Yana Musaxon Nursatov bu shouni o'ylab topgan inson bo'lib, o'zini loyiha muallifi sifatida ko'rsatishiga nima deysiz? "Ozod shou” mana bir necha ko'rsatuvlar taqdim etishga ulgurdi. Negadir omma orasida shou sifatida nom qozonishga ulgurmadi! Nazarbekovdan balki bunday nazardagi ko'rsatuvni kutishmagandir? Shouda mantiq degan tushunchadan asar ham yo'q. Ko'ngilocharlik desangiz, u ham muammo. Na rejissyorlik ishi bor, na operatorning mahorati, na boshlovchining qobiliyatiq Zokir Ochildiyev "Xandalak”da yurgani juda ma'qul edi. Anavi kaskadyor va qiziqchi yigitga nima gap bor? (Bu ikkala ijodkorning har gal boshlovchilik qilishi allaqachon tomoshabin g'ashiga tegib bo'ldi! ) Kutilmagan duetlarni olaylik? Aktyor yo aktrisa kuylagani bilan tomoshabin ko'zini zangori ekranga qadab turgani yo'q! Ozodbekning mashhurligidan foydalanib, bunday shouni tashkillashtirish shunchaki mehnatlarni uvol qilish degan xulosadan boshqasi emas. Professional ijodkorga nomaqbul, mantiqsiz g'oyalarga o'ralashish yarashmas ekan. Shou bo'lgandan so'ng yangilik, yangicha qarash, tom ma'noda olganda, o'zgarish kirita olish kerak. Aql o'rgatish emas, (shuncha aqllilar turganda) shunchaki bir jo'yali fikr keldi. Nazarbekovning o'z hayot yo'lidan kelib chiqsak, yutuqlarga erishish yo'lida qiyinchilikning bori 100 bo'lsa, shundan kamida 99 ni ko'rgan. Demakki, haqiqiy iste'dodi bor-u, yuzaga chiqara olmayotgan yoshlarning dardini, orzuyu armonlarini bu xonanda juda yaxshi anglaydi! Ularga dalda bo'lish pallasi kelmadimiq Shouda chiqayotgan mashhurlar shundoq ham bir amallab fonogrammasini qo'yib ommani yo aldab, yo yana yo'lini topib amallab kunini ko'ryapti. Uzoq-uzoq qishloqlarda yonayotgan iste'dodlar topilmaydi, deb o'ylaysizmiq Ta'bir joiz bo'lsa, balki san'at uchun haqiqiy jonini fido qiladiganlar uzoqlarda o'nlab, yuzlab topilarq Yoki shundoq yonginamizda, poytaxtda.

Qani shundaylarga ko'mak? Yolg'on-yashri? duetbozliklardan ko'ra, paxta dalalarida, qir adirlarda ovozini boricha yurak-yurakdan kuylayotgan bir dehqon bolasining jonli ijrosi, kerak bo'lsa, shou asoschisi bilan aytishuv qilishi o'n karra qiziqarliroq emasmiq Olis osmonga yetaman degan xom xayollar og'ushida faqat miltillab yonayotgan yulduz va yulduzchalarga tikilmasdan, bir-bir yerga ham qarab qo'ymoq maqsadga muvofiqdir. Xalq duosida gap ko'p, deyishadi.To'rtta mashhurning bir marta rahmatini eshitgandan, bir qishloqning bir mahalla yoshu qarisining «barakalla»si afzalroq emasmiq Xulosa qilishga hali ham kech emas. Darvoqe, o'zboshimchalar bor joyda gap uqtirib bo'larmidiq Bundaylar o'zlariga o'zlari muammo sotib olishadi! Bukrini go'r ham tuzatmaydi, deb bejiz aytishmaydi. Xa, bejizga emas!
Яндекс.Метрика