У нас есть только
оригинальные песни

Rayhondan navbatdagi yangi klip!

calendar 16.07.2010
1787
 
Latofatli xonanda Rayhon yaqindagina "U meniki” deb nomlangan yangi qo’shig’ini yozib tugatdi. Mazkur qo’shiq uchun har doimgidek klip ham suratga olish rejalashtirilgan. Klipni suratga olish ishlari avgust oyining boshlariga mo’ljallanmoqda. Klip va qo’shiq haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo’q. Mazkur klip haqida kelgusi yangiliklarimizda sizlarni boxabar etamiz.

Darvoqe, Qashqadaryo vohasidagi oromgohlarda yozgi ta’tilni o’tkazoyotgan bolajonlar uchun "Fond Forum” hayriya jamg’armasi tomonidan bir qator tadbirlar uyushtirilib, unda estradamiz vakillari muntazam qatnashib kelishmoqda. Shular qatorida Rayhon ham 20 iyul sanasida Qarshi shahrida joylashgan bir qator bolalar oromgohlarida o’z qo’shiqlari bilan muxlislarini hushnud etadi.
[tts.ucoz.com]
Яндекс.Метрика