У нас есть только
оригинальные песни

10 yillikka jiddiy tayyorgarlik...

calendar 16.07.2010
1555

Qariyb 10 yil muqaddam O’zbekistonda eng zavqli radio bo’lmish "O’zbegim taronasi” radiosi o’z ish faoliyatini boshlagan edi. Ilk kunlardanoq radio o’zining muhlislariga ega bo’la boshladi desak hato bo’lmaydi.


Mana 10 yil muddat ham bir zumda o’tib ketdi. O’tgan yillar davomida radioda ko’plab taniqli boshlovchilarning ovozlarini tinglashga muyassar bo’ldik. 10 yil juda ham qisqa muddat deyishingiz mumkindir. Lekin shu yillar ichida radioni yuqori saviyada ushlab turishning o’zi murakkab vazifadir. Albatta radio hodimlari ana shu vazifani juda ham yaxshi bajarib kelishmoqda. 24-iyulga ham oz muddat qoldi. Har yilgidek radio vakillari ushbu kunni o’zgachalik bilan kutib olish taraddudida. Shu kuni kutilmagan sensatsialar yuz beradi. Ko’pgina radio muhlislari ajoyib esdalik sovg’alariga ega bo’lishadi. Lekin qay tarzda va qanday sensatsialar bo’lishini hozircha sir tutamiz. Zero bu yilgi yubiley tavallud kuni avvalgilaridan anchayin o’zgacha o’tishi aniq. 24-iyul kuni FM101 manziliga sozlaning va "O’zbegim taronasi” radiosini tinglang…
Яндекс.Метрика