У нас есть только
оригинальные песни

Zavqli radio 10 yoshda! Tabriklaymiz!!!

calendar 22.07.2010
2546
24-iyul kuni radoistansiya o’zining 10 yoshini qarshilaydi. Ushbu bayramga juda katta tayyorgarlik ko’rilmoqda. Aynan shu kuni barchaning yuragida original tarzdagi takrorlanmas fikrlar, taassurotlar uyg’onadi. Uzoq kutilgan bu yubileyni zavqli radio jamoasi har doimgidek quvnoq tarzda o’tkazadi. Boshqacha bo’lishi ham mumkin emas. Sababi barchasi bayram kungi efirning ko’tarinki ruhda, qiziqarli vatakrorlanmas o’tishiga tayyorlanmoqda. Naqd 10 yil avval O’zbekistonda vatanimizning eng quvnoq radiosi "Ozbegim taronasi” yangrashni boshladi. Radiostansiya o’z doirasida eng professional yetakchi bo’lishni va milliy estradamizni yanada mashhur qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan edi. Va ular bu maqsadni a’lo darajada bajaryaptilar. Ular eng yaxshi va quvnoq bo’lishga harakat qilib, xalqimiz dilidan joy olmoqdalar. 10 yil huddi 1daqiqadek bir pasda o’tib ketdi… lekin biz hamon radioning birinchi boshlovchilarining ovozlarini yaxshi eslaymiz. Marhabo Madaminova, Rasul Davletov, Akmal Saidov, Nurmuhammad Isroilov va boshqalar. Balki 10 yil uncha katta bo’lmagan muddatdir. Lekin radistansiyaning iste’dodli hodimlari shu vaqt oralig’ida yetarli darajada o’z muhlislariga ega bo’lishga ulgurdilar.
 
                         
Zavqli radio jamoasi shu vaqtga qadar safi kengayib borayotgan o;z muxlislariga o’z minnatdorchiligini bildiradi. Aminmizki, 10 yillik bayram efiri kelajakka bo’lgan yangidan yangi rejalarning debochasi bo’ladi. Va har doimgidek an’anaga aylanib qolganidek, "O’zbegim taronasi” radiostansiyasi 24-iyulni bayramona tarzda qarshi oladi. Odatda tug;iklgan kun egasi sovg’a olsa, bu borada radiostansiya aksincha, sovg’alar tarqatadi. Butun kun davomida sizni kutilmagan sovg’alar, tanlovlar, katta masshtabdagi aksiyalar kutadi. Bu haqda esa siz yaqin kunlarda bilib olasiz. Zavqli radio to’lqiniga sozlaning va voqealar rivojidan bohabar bo’ling!
Яндекс.Метрика