У нас есть только
оригинальные песни

100 ballik reyting ortiqcha vaqt oladi. Oliygohlar 5 ballik tizimga qaytishi mumkin

calendar 04.07.2017
1802

3 iyul kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi «O'zbekistonda yoshlar siyosati: dolzarb masalalarga zamonaviy yondashuv» mavzusiga bag'ishlandi.

Tadbir davomida jurnalistlar spikerlarga o'z savollari bilan murojaat qilishdi. Savollar orasida dars jarayonini buzilishiga sabab bo'luvchi kundalik tekshiruvlar, o'qituvchilar vaqtini o'g'irlovchi ortiqcha qog'ozbozliklarga ham alohida e`tibor qaratildi. Bu muammoli masalalarga Oliy va o'rta ta`lim vazirligining munosabati qanday ekanligiga qiziqishdi.

«Oliygohlarda bitta dars jarayoni 80 daqiqani tashkil etsa, xonaga dekan yoki boshqa xodimlarning davomat qilish uchun kirishi oqibatida 15-20 daqiqa yo'qotiladi. Bu tekshiruvlar talabaning dars davomida yetarli bilim olishiga to'sqinlik qiladi. Yana bir muammo - o'qituvchilar ish vaqtidan so'ng davomadi past talabaning holatini tekshirish uchun uyma-uy yurishadi. Bu kabi holatlarga albatta, o'zgartirish kiritishni maqsad qilganmiz. Prezidentimiz qayd etganlaridek, o'qituvchilar o'z faoliyati va ilmiy izlanishlari bilan band bo'lishi kerak», - deya Oliy va o'rta maxsus ta`limi vaziri birinchi o'rinbosari Dilmurod Nabiyevning so'zlarini keltirdi «Kun.uz» muxbiri.

Vazir o'rinbosari 100 ballik reyting tizimida baholarni sarhisob qilishga ko'p vaqt sarflanishini ham qayd etdi. 

«Ayni damda ortiqcha vaqt sarflamaslik va reyting baholashdagi qiyinchiliklarni hal etish maqsadida avvalgi besh ballik tizimga o'tish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Bu borada aniq to'xtamga kelinishi bilan xabar beramiz», degan Dilmurod Nabiyev.

Яндекс.Метрика