У нас есть только
оригинальные песни

100 yoshni qarshilagan pensionerlarga 118 ming so'mdan qo'shimcha pensiya to'lanadi

calendar 22.02.2015
2906

O'zbekistonda avvaldan yashab kelayotgan va 100 yoshga to'lgan nafaqaxo'rlarga nafaqani eng kam ish haqi miqdoridagi (118,4 ming so'm) qo'shimcha mablag' bilan beriladigan bo'ldi. Bu haqda O'zbekiston respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining matbuot xizmatiga asoslanib, "Gazeta.Uz” xabar qilgan. "Keksalarni qadrlash va e'zozlash yili” munosabati bilan joriy etilgan dastur doirasidagi bu ijtimoiy imtiyoz g'aqidagi qaror 18 fevral kuni O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan tasdiqlangan. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, ayni paytda O'zbekistonda 100 yoshga to'lgan 8700 kishi yashamoqda.
Яндекс.Метрика