У нас есть только
оригинальные песни

105 yoshga qadar yashagan yaponiyalik shifokordan uzoq yashash sirlari

calendar 25.08.2017
1510

Yaponiyalik shifokor Xinoxara Sigeaki o‘limidan bir necha oy oldin ham mijozlarni davolashni davom ettirib, kuniga 18 kun ishlagan. AdMe yaponiyaliklarning nima sababdan uzoq umr ko‘rishi borasidagi asosiy prinsiplarini ma’lum qildi.

1. Hayotning eng muhim jihati — sizning o‘zizngizni o‘rab turgan atrofga qo‘shgan hissangiz

“Kunni nimadir yaratish ishtiyoqi bilan boshlash juda muhim, axir har bir lahza — bu boshqalar uchun ajoyib narsa qilish imkoni-ku. Masalan, Amerikalik aktrisa va rejissor Anjelina Joli BMTda ko‘nggilli elchi sifatida ishlaydi va o‘z hayotining sezilarli qismini xayriya ishlariga sarflaydi”.

2. Qat’iy ovqatlanish tartibi va uyqu haqida kamroq qayg‘uring hamda ko‘proq xursand yuring

“Bolalik paytimizda boshqa ishlar sabab ovqatlanish va uxlashni unutib qo‘yardik. Ulg‘ayganda ham hayotga bo‘lgan ishtiyoqni aynan shu holda saqlab qolish kerak”.

3. Ishlashdan to‘xtamang. Hech bo‘lmagandan kamida 70 yoshga qadar

“Yarim asr oldin Yaponiyada aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 68 edi va nafaqaga 64 yoshdan chiqilishi aqlli qaror hisoblanardi. Hozirda ushbu raqam 84 ga ko‘tarilgan, o‘z ishingizni erta tark etish — o‘z hayotingizni bilib turib qisqartirishdek gap”.

4. Uzoq yashay desangiz ortiqcha vazn yig‘mang

“Men nonushtaga apelsin sokini bir osh qoshiq zaytun yog‘i bilan birgalikda ichaman — bu qon tomirlarni mustahkamlaydi. Tushlikka esa sut va pechenye yeyman. Kechki ovqatga meva, ozgina baliq va guruch iste’mol qilaman. Haftada ikki marta 100 grammdan yog‘siz go‘sht yeyman. Ko‘pincha bandligimda och qolishga vaqtim bo‘lmaydi”.

5. Shifokorlarning gapiga ko‘r-ko‘rona ishonib ketavermang

“Ko‘pincha shifokorlar mijozlariga o‘zlari hech qachon amal qilmagan narsalarini maslahat beradi. Jiddiy davolanishga qaror qilishdan oldin, to‘liq ishonch bildirish mumkin bo‘lgan o‘z mutaxassisingizni toping”.

6. Bor diqqatingizni og‘riqqa qaratib uni og‘irlashtirmang

“Bizni og‘riqdan chalg‘itishi mumkin bo‘lgan yagona narsa — bu rohatlanish. O‘zingizni rohatlanishdan tiymang. Kasallik ichiga kirib ketmang va doim chiqish yo‘lini izlang”.

7. Doim zina orqali ko‘tariling

“Mushaklarni mashq qildirish imkoniyatidan doim foydalanish kerak — ortiqcha piyoda yuring yoki mahsulotlarni uyga qadar ko‘tarib boring”.

105 yoshgacha yashagan shifokor Xinoxara Sigeaki hayotining so‘nggi kuniga qadar ishlagan va hayotimiz — bu birinchi navbatda nimadir yaratishdan iborat ekanligiga ishongan.

Яндекс.Метрика