У нас есть только
оригинальные песни

10 yoshida vazni 11 kilogramm bo‘lgan chimkentlik qizaloq pnevmoniyadan vafot etdi

calendar 05.03.2018
1837

Qozog‘istonning Chimkent viloyatida shifokorlar 10 yoshli Laura Sagatovaga 5 yil davomida aniq tashxis qo‘ya olmadi, deb xabar beradi Kazakhstan Today.

 

Qizcha davolanish uchun Ostonaga olib kelindi, biroq u pnevmoniyaning og‘ir formasidan vafot etdi.

Qizcha 2016-yilning dekabr oyidan mustaqil ravishda harakatlana olmayotgan edi. U ovqatlanayotgan paytda kuchli og‘riqdan aziyat chekar edi. 2017-yilda qizchaning onasi u muntazam ravishda davom etayotgan og‘riqdan kuchsizlanib qolganini ma’lum qilgan edi.

Qizcha Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasining tibbiy-genetik markazida bir necha marta tekshiruvdan o‘tkazilgan. Biroq har tekshiruvdan so‘ng tashxis o‘zgargan.

Яндекс.Метрика