11-sentabr teraktlari bo‘yicha komissiya Saudiya Arabistonining hujumlarga aloqadorligini rad etdi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Jon Brennan 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlarni tekshirish bo‘yicha komissiya Saudiya Arabistonining hujumlarga aloqadorligiga dalillar topmaganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“11-sentabr teraktlaridan so‘ng komissiya Saudiya Arabistonining ularga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni sinchiklab tekshirdi. Komissiya mamlakat hukumati va saudiyalik yuqori martabali mansabdorlar teraktlarni qo‘llab-quvvatlaganini ko‘rsatuvchi dalillar mavjud emasligi haqidagi xulosaga keldi. O‘tkazilgan tekshiruvlar hujumlar ‘Al-Qoida’, uning yetakchisi az-Zavohiriy va unga o‘xshaganlarning ishi ekanligini ko‘rsatdi”, — deb ta’kidladi Brennan Al Arabiya telekanaliga bergan intervyusida.

Komissiya hisoboti e’lon qilinganini “yaxshi voqea” deb baholagan Brennan keyingi 15 yil mobaynida “Saudiya Arabistoni AQShning terrorchilikka qarshi kurash borasida eng yaxshi sheriklaridan biriga aylangani”ni bildirdi.

Oldinroq OAVda 11-sentabr teraktlarini tekshirish bo‘yicha komissiya hisobotida Saudiya Arabistoni rasmiylari terrorchilarni qo‘llab-quvvatlagani haqida so‘z boruvchi 28 varaqdan iborat maxfiy ma’lumotlar borligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.


Комментарии (0) | Добавить: 12.06.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]