У нас есть только
оригинальные песни

11 yillik ta`lim tiklanishi tufayli bo'shaydigan kollejlar Yoshlar ittifoqiga beriladi

calendar 06.07.2017
2457

Respublikaning barcha tuman va shaharlarida sinov tariqasida 11 yillik majburiy o'rta ta`lim tizimi joriy etilishi munosabati bilan bo'shaydigan kollejlar O'zbekiston yoshlar ittifoqining tegishli kengashlari ixtiyoriga beg'araz o'tkaziladi. Bu Prezidentning 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi farmonida ko'zda tutilgan.

Hujjatga ko'ra, kollejlar negizida barcha qulayliklarga, jumladan, kutubxona va kitob do'koniga ega bo'lgan Yoshlar markazlari va zamonaviy yoshlar kinoteatrlari, shuningdek, yoshlarni, ayniqsa, ularning uyushmagan qismini 6 oygacha bo'lgan muddatda kasb-hunarga to'lovsiz o'qitish markazlari tashkil qilinadi. Shu boradagi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Shuningdek, farmon bilan qator vazirlik hamda idoralarga viloyatlar va poytaxtda Yoshlar markazlari binolarini qurish va foydalanishga topshirish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta`mirlash bo'yicha dastur loyihasini tayyorlash vazifasi topshirilgan.

Яндекс.Метрика