У нас есть только
оригинальные песни

12 yanvardan Microsoft kompaniyasi Windows 8ni qo'llab-quvvatlashni rasman to'xtatdi

calendar 12.01.2016
1047

2016 yilning 12 yanvaridan boshlab Microsoft kompaniyasi Windows 8 operatsion sistemasini yangilashlar, jumladan, xavfsizlik tizimini yangilashni o'z ichiga olgan qo'llab-quvvatlashni rasman to'xtatdi.

Mutaxassislar ancha avvalroq uncha keng ommalashmagan Windows 8ni yangilash to'xtatilishinima'lum qilgan edi. Uch yil mobaynida mazkur operatsion sistema bozorda bor-yo'g'i 2,8 foiz ulushga ega chiqa oldi. Shunga o'xshash holat 2007 yilda Microsoft Vista bilan ham kuzatilgan edi.

Windows 8 foydalanuvchilari esa 2013 yilda chiqarilgan Windows 8.1ga o'tishlari mumkin. Ushbu OS Windows 8ning qayta ishlangan namunasi hisoblanadi. Mazkur OSning qo'llab-quvvatlash esa 2023 yilga boribgina to'xtatiladi.

Яндекс.Метрика