У нас есть только
оригинальные песни

12 yoshli amerikalik qiz adashib yarim marafonni yugurib o‘tdi

calendar 27.04.2016
1423

24-aprel kuni amerikalik 12 yoshli Liadianez Rodriges Nyu-Yorkdagi yarim marafon doirasida besh kilometrlik masofaga yugurish uchun ro‘yxatdan o‘tdi, ammo u start vaqtini 15 daqiqaga adashtirib yuborib, yarim marafon ishtirokchilari bilan uzun masofaga yugurib ketdi. Bu haqda TJournal hikoya qilmoqda.

Masofaning yarmini bosib o‘tganidan keyingina xatosini tushungan qiz, shunga qaramay, marafonni oxiriga yetkazishga qaror qildi. Natijada u rejalashtirganidan 16 kilometrga ko‘proq yugurdi. Bunga Liadianez 2 soat 43 daqiqa sarfladi.

Qizning onasi besh kilometrlik masofa finishida Liadianezni topa olmay, politsiyaga murojaat qildi. Politsiya xodimlaridan biri qizni topishga yordam berdi. Onasi yetib kelganida Liadianez yarim marafon ishtirokchisi medali bilan taqdirlanayotgan edi.

Яндекс.Метрика