У нас есть только
оригинальные песни

12 yoshli qiz IELTS sinovlaridan 7 ball oldi

calendar 04.10.2022
260

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 40-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Diyora Tuychiyeva 12 yoshida IELTS sinovlaridan 7 ball oldi - deya xabar bermoqda UzA.

Diyora ingliz tilini o‘rganishni 8 yoshidan boshlagan. U ingliz tili grammatikasini keyingi 3 yil ichida o‘zlashtirgan. Ustozi Madina Jalilovaning aytishicha, shogirdi bilan har kuni 7 yoki 8 soat, baʼzan 12 soatgacha ishlagan.

«Diyora bilan dastlab ingliz tilida chiroyli gapirishni, Basis Listening materiallaridan foydalanishni mashq qildik. U LASER A1, A2, B1, MINDSET Foundation kitoblarini qunt bilan o‘rgandi. So‘zlarni shunchaki yodlab olishni foydasi yo‘qligini, nutqda so‘zlarni faol ishlatish kerakligini tushuntirganman», — deydi ustozi Madina Jalilova.

Diyora kelajakda ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lishni maqsad qilgan.

Яндекс.Метрика