У нас есть только
оригинальные песни

12 yoshli qizning tanasini daraxt po'stlog'i qoplamoqda

calendar 15.12.2017
1389

Bangladeshlik 12 yoshli qizning bu suratlari kishini hayratga solishi tabiiy. 
Gap shundaki, Muktamoni ismli qiz "daraxt sindromi”ga chalingan. Qizning tanasi kundan-kunga shishib, terisi daraxt po'stlog'ini eslatuvchi qoplama bilan to'lmoqda. 
Shifokorlar qizda kasallik tez tarqalayotganini xulosa qilishgan. 
Muktamoni kuchli og'riqdan aziyat chekadi. 
Hozirda uning o'ng qo'li va ko'krak qafasining bir qismi daraxt po'stlog'i bilan qoplangan. 
Shifokorlar zaruriy barcha choralarni ko'rishayotgan bo'lishsa-da, qizning salomatligi kelajakda yaxshilanishi borasida umid bildira olishmayapti. "Daraxt sindromi” kamdan-kam uchraydigan og'ir kasallik hisobalanadi. 
Bunday xastalik dunyoda 15 kishining o'limiga sabab bo'lgan.

Яндекс.Метрика