У нас есть только
оригинальные песни

13 avgust - Halqaro chapaqaylar kuni

calendar 13.08.2016
1090


Har yili 13 avgustda norasmiy ravishda Halqaro Chapaqaylar kuni (International Lefthanders Day) nishonlanadi. 1984 yilda YuNeSKO 13 avgustda Chapaqaylar kunini nishonlash borasida qaror qabul qildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad chap qo'lidan ko'proq foydalanayotganlarga e`tibor qaratishdan, ular uchun mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirishdan iborat. Ma`lumki, bir qator mamlakatlarda chapaqaylarni o'ng qo'lda yozishga majbur qilish hollari ham uchrab turardi. Halqaro Chapaqaylar kunining o'tkazilishidan asosiy maqsad ham mana shu kabi nohush holatlarga barham berishga qaratilgan. Birinchi o'n yillikda bu bayram tor doirada nishonlangan. Keng jamoatchilik uzoq muddat Chapaqaylar kuniga e`tibor qaratmay kelgan.
Ayrim ma`lumotlarga ko'ra, ilk bor Halqaro chapaqaylar kuni 1976 yilning 13 avgustida Lefthanders International tashkilotining tashabbusiga ko'ra nishonlangan edi. Biroq boshqa manbalar birinchi Halqaro Chapaqaylar kuni 1992 yilning 13 avgustida Britaniya chapaqaylar klubi tomonidan o'tkazilganini aytishadi. 
AQShda o'tkazilgan 1991 yilgi tadqiqotlarga ko'ra, boshqalarga nisbatan chapaqaylar ko'proq ishlab chiqarishdagi falokatlarda jarohat olar  va  vafot etar ekan.

Яндекс.Метрика