У нас есть только
оригинальные песни

15 iyuldan elektr energiyasi narxi oshadi

calendar 01.07.2017
1996

«O'zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati 2017 yil 15 iyuldan elektr energiyasi narxlari oshishini ma`lum qildi. Yangi narxlar Moliya vazirligi tomonidan 29 iyun kuni tasdiqlangan.

Qayd etilishicha, 1 kilovatt/soat elektr energiya narxi 7 foizga o'sib, 191 so'mdan 204,3 so'mga chiqadi.

Tariflarning to'liq ro'yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

«O'zbekenergo»ning izohlashicha, elektr energiya tariflarining qimmatlashuvi yoqilg'i-energiya boyliklarining tannarxi oshishi bilan bog'liqdir.

Bundan oldinroq 15 iyuldan gaz tarifi ham 7 foizga oshishi haqida xabar berilgandi.

Kommunal xizmatlarning tariflari so'nggi bor 2016 yil oktabr oyida oshirilgan edi.

Eslatib o'tamiz, shu yil martida Moliya vazirligi 2017 yil davomida kommunal xizmatlarning tariflari oshirilmasligini bildirgandi.

Endilikda ichki bozorda narxlar barqarorligini ta`minlash maqsadida tariflar oshirilishi o'rtacha yillik inflyatsiya darajasidan oshmasligi, shu bilan birga issiqlik va suv ta`minoti xizmatlarini ko'rsatadigan korxonalarning xarajatlarini kamaytirish hamda ish samaradorligini oshirish maqsadida hukumat tomonidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani aytib o'tilgandi.

Яндекс.Метрика