У нас есть только
оригинальные песни

16-may kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi

calendar 15.05.2016
1223

O‘zbekistonning barcha hududlarida 16-may, yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 16-mayga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li joylarida +5…+10 daraja, Toshkent shahrida +15…+17 daraja, mamlakatning qolgan hududlarida esa +13…+20 daraja oralig‘ida iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni kunduzi Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati +32 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryoda +33 darajagacha iliq bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +10…+15 daraja, Toshkent shahrida +23…+25 daraja, qolgan hududlarda +28 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.

16-may butun O‘zbekiston bo‘ylab vaqti-vaqti bilan qisqa muddat yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda, Toshkent shahridan boshqa barcha hududlarda shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика