1991-yil 1-sentabrda tug‘ilganlar “O‘zbekiston havo yo‘llari” tomonidan mahalliy yo‘nalishlarga bepul aviachipta oladi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi sharafiga o‘z yo‘lovchilari uchun bir qator aksiyalar va sovg‘alar tayyorlagan. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Boeing 787 Dreamliner samolyoti

Aviakompaniya yangi rusumdagi ikkita Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Samolyotlardan biri O‘zbekistonga mustaqillikning 25 yilligini nishonlash kunlarida yetib keladi.

Qo‘shimcha bonuslar

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasida 2001–yil 1-yanvaridan buyon doimiy parvoz qiluvchi hamda Uzairplus dasturi ishtirokchisi bo‘lgan yo‘lovchilarning har biri aviakompaniyadan uning nomiga yozilgan tabriknoma oladi. Sovg‘a sifatida esa Premium, Silver va Gold kartalariga qo‘shimcha bonus ballari qo‘shiladi.

Mustaqillik tengdoshlari

1991-yil 1-sentabrda tug‘ilganlar “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tomonidan mahalliy yo‘nalishlarga bepul aviachipta olishi mumkin. Taklif O‘zbekiston Respublikasi chegarasida 1-sentabridan 31-oktabrigacha bo‘lgan davr ichida amalga oshiriladigan istalgan qatnovga tatbiq etiladi. 1991-yil 1-sentabrda tavallud topganlar 1-avgustdan boshlab sovg‘a tariqasida taqdim etiladigan aviachiptani qo‘lga kiritish uchun “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning aviachiptalarni sotish shoxobchalariga murojaat qilishi kerak bo‘ladi.

Aviachipta yutug‘i

Uzbekistan Airways’ning Facebook’dagi sahifasida respublika ichidagi yo‘nalishlarga bepul aviachipta o‘ynaladi. Unda ishtirok etish uchun aviakompaniya sahifasiga obuna bo‘lish va chipta o‘ynalishi haqidagi e’lonni do‘stlari bilan o‘rtoqlashishi kerak bo‘ladi. Chipta o‘ynalishi 15-avgustda boshlanadi va 24-avgust soat 00:00 gacha davom etadi. Sovrin g‘olibi 26-avgust kuni soat 10:00 da, “Random.org” tasodifiy raqamlar generatori dasturi yordamida, maxsus komissiya va OAV vakillari ishtirokida aniqlanadi. G‘olib respublika ichidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bitta bepul aviachiptaga sertifikatni qo‘lga kiritadi.

Bayram kunida

1-sentabr kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK qatnovlarida parvoz qiladigan barcha yo‘lovchilarga havo kemasi bortida esdalik suvenirlari topshiriladi. Bort kuzatuvchilari yo‘lovchilarga tarixiy voqea xotirasiga aviakompaniya logotipi va mustaqillik ramzi tushirilgan suvenirlarni taqdim etadi.


Комментарии (3) | Добавить: 02.08.2016
3. gts5530 (03.08.2016 11:43)
e qoyile gap yo
2. adham (02.08.2016 21:33)
I LOVE YOU ♥UZB♥
1. adham (02.08.2016 21:33)
I LOVE YOU ♥UZB♥
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Salbiy o‘ylarga qarshi kurashishning 4 yo‘li
Atirni to‘g‘ri sepishni o‘rganamiz
Sovuq dush qabul qilish uchun 3 ta sabab
Neymar «PSJ»ga o'z shartlarini ma`lum qilgan
Rossiya qamoqxonalarida qancha o'zbekistonlik borligi ma`lum bo'ldi
Yulduz Rajabova Instagram’da qo‘pol izoh qoldiradigan yigitlardan nolidi
«Barselona» «Yuventus»ni mag'lub etdi, Neymar ikkita gol urdi
Chiroyli avtoraqamlarning taxminiy narxi ma`lum, lekin bu yakuniy baho emas
Интернет нега тез арзонлашмаяпти - “Ўзбектелеком” изоҳи
Putin qay tariqa prezident bo‘lganini so‘zlab berdi
Тиш пасталарини танлашда рекламаларга ишониш керакми?
Avtomobilda uzoq yo‘lga otlanganlar uchun qiziqarli o‘yinlar
Jastin Biber Xitoyda konsert berishiga taqiq qo‘yildi
Putin: Ukraina korrupsiya domiga g'arq bo'lmoqda
Ertalab uyqudan turish nega biroz mushkul?
Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ikki tuman hokimini va yana bir qancha amaldorlarni ishdan oldi
Prezident virtual qabulxonasiga yo'llangan murojaatlar soni 1 millionga yetdi
«O'zbekiston 24» telekanali 24 iyul kuni ish boshlaydi
Fidjet spinnerlar haqida barcha haqiqatlar
Maktabga ryukzakni qanday tanlash kerak? Ota-onalarga maslahatlar
Qanday oziq-ovqatlar uyquga salbiy ta’sir ko‘rsatadi?
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ot zavodiga bordi
O'zbekistonda shakar narxi oshdi
Moskvada o‘tkinchi ayol Putinni o‘pib oldi
Dilnoza Kubayeva: “O‘zbek kinosi juda qaltis vaziyatga tushib qolyapti”
G'ayriqonuniy hukm yoxud sud ustidan kimga shikoyat qilish kerak?
“Davlat xizmati to'g'risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi, meritokratiya tushunchasi joriy etiladi
Biz nega kechikamiz va bu odatdan qanday qutulish mumkin?
Neymar «PSJ»ga o'tishga juda yaqin turibdi, uning otasiga 40 mln yevro taklif qilishdi
Xorazmda Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligi nishonlanmoqda