У нас есть только
оригинальные песни

1995 yilgi gazetada maxfiy kod topildi

calendar 31.08.2018
1370

Dasturchi Ittay Abraham dunyodagi eng qadimiy blokcheyn-zanjir xeshini topdi. Uning tvitterdagi sahifasida xabar berishicha, ma`lumot  The New York Times gazetasidagi «Topilmalar byurosi» bo'limida qismlarga bo'lingan holda e`lon qilinmoqda.

Tizim mutaxassislar Styuart Xaber va Skott Stornettning ishiga asoslangan bo'lib, ular 1991 yilda blokcheyn-zanjirlar prototipini yaratishgan. Aynan ularning ishiga bitkoinning ta`rifi asoslangan.

Xaber va Stornettning tizimi  Surety deb ataladi. Uning asosiy aktivi - raqamli imzoning ekvivalenti bo'lgan  AbsoluteProof. Raqamli ro'yxatga olish tizimida mijozlar xeshini joylashtirish o'rniga,  Surety xodimlari ma`lumotlar bazasiga qo'shilganlar haqida haftalik bazasini yaratadilar hamda ushbu ma`lumotni  The New York Times’da e`lon qilishadi. Xesh «Topilmalar byurosi» bo'limida joylashtiriladi. Spikerlarning so'zlariga ko'ra, bu ma`lumotlarning soxtalashtirilishiga imkon bermaydi.

Ma`lumotlar  The New York Times gazetasida 1995 yildan buyon e`lon qilinmoqda. Ushbu g'oya blokcheyn sohasi vakillarini hayratga soldi. Misol uchun,  Ethereum loyihasining asoschilaridan biri Vitalik Buterin tvitterdagi sahifasida soxta gazeta nashrini yaratish va uni tarqatish mavjud tizimga hujum bo'lishi mumkinligini aytdi. Biroq, Buterinning fikriga ko'ra, buni qilish qiyin bo'ladi. 

Яндекс.Метрика