У нас есть только
оригинальные песни

19-aprelda butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi

calendar 18.04.2016
1123

19-aprel, seshanba kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.

Seshanbaga o‘tar kechasi tog‘li hududlarda havo harorati +8 darajagacha, Toshkent shahrida +10 darajagacha iliq bo‘ladi, qolgan hududlarda +12…+15 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.

19-aprel kuni butun mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va tog‘li hududlarda yomg‘ir kuchli yog‘ishi mumkin.

19-aprel kuni kunduzi tog‘li hududlarda +13 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +20 darajagacha, Toshkent shahrida +22 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa +25 darajagacha iliq bo‘ladi.

Mamlakatning qolgan hududlarida 19-aprel, seshanba kuni havo harorati +18…+23 daraja iliq bo‘ladi.

Яндекс.Метрика