У нас есть только
оригинальные песни

19-yanvar kuni O‘zbekistoning ayrim hududlarida havo harorati +17 darajagacha iliq bo‘ladi

calendar 18.01.2016
1163

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 19-yanvar, seshanba kuni havo harorati +17 darajagacha iliq bo‘ladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi axborot bermoqda.

Xabar berishlaricha, 19-yanvarga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida -10 darajagacha, Farg‘ona vodiysida -5 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida -3 darajagacha sovuq bo‘ladi. Qolgan hududlarda kechasi havo harorati 0 darajadan pasaymasligi kutilmoqda.

19-yanvar kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +10 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +12 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida +17 darajagacha iliq bo‘ladi.

Toshkent shahrida 19-yanvar kuni kunduzi +10…+12 daraja iliq bo‘lsa, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati -2 daraja sovuqdan +3 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Mamlakatning barcha hududlarida vaqti-vaqti bilan tuman tushishi mumkin, tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

Яндекс.Метрика