У нас есть только
оригинальные песни

1 apreldan elektr energiyasi narxi oshadi

calendar 15.03.2018
1211

«O'zbekenergo» kompaniyasi 1 apreldan elektr energiyasi tariflari oshirilishini ma`lum qildi. Yangilangan tariflar reyestri 14 mart kuni O'zbekiston Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlandi.

Tariflar O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 noyabrdagi «Yonilg'i-energetika resurslarini o'z vaqtida ta`minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga muvofiq qayta ko'rib chiqilgan. Qarorda 1 apreldan elektr energiyasini 12 foizga va tabiiy gazni 10 foizga oshirish ko'zda tutilgan edi.

Aholiga yetkazib berilayotgan 1 kVts elektr energiyasi ayni vaqtda 204,3 so'm. Bu narx 1 apreldan keyin 228,6 so'm bo'ladi. Elektr plitalari bilan jihozlangan turar-joylarda yashovchi aholi uchun esa elektr energiyasi narxi 1 kVts uchun 102,15 so'mdan 114,3 so'mga oshadi.

Oxirgi marta elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar tariflari 2017 yilning iyulida oshirilgan edi.

Яндекс.Метрика