У нас есть только
оригинальные песни

1 apreldan gaz va elektr energiyasi narxlari oshiriladi

calendar 11.01.2018
1452

1 apreldan aholi uchun tabiiy gaz narxi 10 foizga, elektr energiyasi esa 12 foizga oshishi kutilmoqda. Kun.uz muxbiri xabar berishicha bu haqda Xalqaro press-klub yig'ilishida O'zbekiston iqtisodiyot vazirining birinchi o'rinbosari Mubin Mirzayev ma`lum qilgan.

Uning so'zlariga ko'ra, bu 2018 yilgi davlat byudjyetida ko'zda tutilgan bo'lib, inflyatsiya ko'rsatkichlariga mos keladi. Shu bilan birga, iqtisodiyot vazirining birinchi o'rinbosari yil davomida oylik va nafaqalar ham adolatli ravishda oshirilishini qo'shimcha qildi.

Dekabrda Mubin Mirzayev 2018 yilda O'zbekistonda oylik ish haqining o'sishi inflyatsiya darajasidan past bo'lmasligini ma`lum qilgan edi.

Ma`lumot uchun, gaz va elektr energiyasi tariflari oxirgi marta 2017 yilning iyulida oshirilgan.

Ayni vaqtda 1 kub metr tabiiy gaz narxi 263,4 so'm, narx 10 foiz oshganda 1 kub metr tabiiy gaz narxi 289,7 so'mni tashkil etadi.

Aholiga yetkazib berilayotgan 1 kVts elektr energiyasi ayni vaqtda 204,3 so'm. Bu narx 1 apreldan keyin 224,7 so'm bo'ladi. Elektr plitalari bilan jihozlangan turar-joylarda yashovchi aholi uchun esa elektr energiyasi narxi 1 kVts uchun 102,15 so'mdan 112,35 so'mga oshadi.

Яндекс.Метрика