У нас есть только
оригинальные песни

1 apreldan tabiiy gaz narxi oshadi

calendar 17.03.2018
1106

1 apreldan ulgurji iste`molchilar uchun yetkazib berilayotgan tabiiy gaz narxi 1000 kub metr uchun 289 740 so'm bo'ladi. Bu haqda KUN.UZ’ga UZTRANSGAZ xabar berdi.

Tariflar O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 noyabrdagi «Yonilg'i-energetika resurslarini o'z vaqtida ta`minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga muvofiq qayta ko'rib chiqilgan. Qarorda 1 apreldan elektr energiyasini 12 foizga va tabiiy gazni 10 foizga oshirish ko'zda tutilgan edi.

Shu bilan birga, gaz hisoblagichlari bo'lganda aholiga yetkazib beriluvchi gaz - 10m3 uchun 2 897,40 so'm bo'ladi.

Gaz hisoblagichlari bo'lmaganda aholiga yetkazib beriluvchi gaz:

Taom tayyorlash va issiq suv ta`minoti - 10m3 uchun 5 010,60 so'm;

Isitishga - 10m3 uchun 2 323,70 so'm bo'ladi. 

Bundan tashqari, markaziy isitish ta`minoti tizimiga ega uylarga maishiy gaz plitasi uchun yetkazib beriluvchi tabiiy gaz narxi har bir istiqomat qiluvchidan 11,0 m3 uchun oyiga 5 511,65 so'm bo'ladi. Markaziy isitish ta`minoti tizimiga ega bo'lmagan uylarda maishiy gaz plitasi uchun gazli suv isitgich bo'lmasa - 15,0 m3 uchun  7 515,90 so'm.

Markaziy issiq suv ta`minoti tizimiga ega bo'lmagan yoki issiq suv ta`minoti vaqti-vaqti bilan amalda bo'lgan uylarda gaz suv isitgich uchun - 16 m3.ga 8 016,95 so'm.

Uylar, kvartiralarni isitish gaz uskunasi turidan qat`i nazar isitish mavsumining besh oyi davomida isitish uchun gazdan foydalanish:

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida – isitilayotgan xonaning har 1 m3 uchun - 1 m3 uchun 6,0 m3.da -  1 394,20 so'm;

Toshkent shahri va boshqa viloyatlarda – xonaning har 1 m3 uchun 5,76 m3.ga - 1 338,45 so'm.

Яндекс.Метрика