У нас есть только
оригинальные песни

1 apreldan xorijiy valyutani naqd shaklda yechib olish mumkin bo'ladi

calendar 24.03.2018
1006

O'zbekiston Respublikasi prezidenti «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko'ra 2018 yil 1 iyuldan tijorat banklari: 

dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga bevosita xizmat ko'rsatish hududiga to'sqinliksiz kirish; 

mijozlarni dastlabki qabul qilish ma`muriyat xodimlaridan ko'rsatilayotgan bank xizmatlari to'g'risida dastlabki maslahatlarni olish; 

kredit (mikroqarz) berish to'g'risidagi qarorni qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to'g'risida xabardor qilish yoki uni berishni asosli rad etish tartibini ko'rsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida ro'yxatdan o'tkazish va ko'rib chiqish uchun sharoitlarni yaratishi zarur.

Hujjat bilan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki: 

a) 2018 yil 1 aprelga qadar O'zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to'lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida naqd shaklda yechib olish mexanizmini joriy etadi; 

b) 2018 yil 1 aprelga qadar tijorat banklari bilan birgalikda xorijiy valyutaning oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish va xalqaro to'lov kartalaridan pul mablag'larini xorijiy va milliy valyutadagi muddatli omonatlarga o'tkazishni ta`minlovchi jismoniy shaxslarning hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarish tizimini joriy etadi; 

v) 2018 yil 1 mayga qadar: 

Bank xizmatlari iste`molchilari bilan o'zaro munosabatlar amalga oshirilishida tijorat banklarining faoliyatiga qo'yiladigan minimal talablar to'g'risidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; 

tijorat banklariga mikroqarzlar ajratish huquqi berilishini nazarda tutuvchi qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; 

bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlari kredit tashkilotlari tomonidan buzilgan taqdirda ularga nisbatan Markaziy bank tomonidan sanksiyalar qo'llanilishi yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarga qo'shimchalar kiritadi; 

potensial qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini baholash hamda jismoniy shaxslarga va kichik tadbirkorlik sub`yektlariga kreditlar (mikroqarzlar) ajratish muddatlarini qisqartirish imkonini beruvchi tijorat banklari tomonidan o'z skoring modelini yaratish imkoniga ega bo'lgan kredit byurosida skoring modelini mavjudligi bo'yicha talab o'rnatilishini nazarda tutuvchi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; 

g) 2018 yil 1 iyulga qadar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda banklar – mahalliy va xalqaro bank kartalari bo'yicha hisob-kitoblar ishtirokchilari o'rtasida axborot va texnologik o'zaro munosabatlarni ta`minlovchi hamda asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilangan Milliy bank protsessing markazini yaratish Kontseptsiyasini ishlab chiqadi: 

tranzaksiyalarning xavfsiz va uzluksiz amalga oshirilishini ta`minlovchi milliy chakana to'lov tizimini tuzish va rivojlantirish; 

qulay to'lov xizmatlarini yaratish va rivojlantirish; 

naqd pulsiz to'lovlarni amalga oshirishda innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni rivojlantirish hamda ilgari surish; 

bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni, birinchi navbatda, ijtimoiy-maishiy xizmat ko'rsatish, transport, savdo, umumiy ovqatlanish sohalarida, ayniqsa, hududlarda joriy etish; 

xalqaro to'lov tizimlari bilan o'zaro hamkorlikni ta`minlash; 

d) 2018 yil 1 iyulga qadar O'zbekiston banklari assotsiatsiyasi va tijorat banklari bilan birgalikda norezidentlarning to'lov kartalari barcha to'lov terminallari tarmog'i orqali qabul qilinishini ta`minlovchi mahalliy to'lov tizimlarini asosiy xalqaro to'lov tizimlari bilan integratsiyalash jarayonini tugallaydi; 

ye) 2018 yil 1 noyabrga qadar tijorat banklari bilan birgalikda turistlar ko'proq boradigan joylarda kunu-tun rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etilishini ta`minlaydi. 

Яндекс.Метрика