У нас есть только
оригинальные песни

1-avgustgacha mashinaga 85 foiz pul to‘laganlarga yangi narx ta’sir ko‘rsatadimi?

calendar 30.07.2018
1016

30-iyul kuni Xalqaro press klubning “O‘zavtosanoat” AJ faoliyati, sohada amalga oshirilish lozim bo‘lgan ishlar hamda kompaniyaning kelgusidagi istiqbolli rejalariga bag‘ishlangan sessiyasi o‘tkazildi. Unda “O‘zavtosanoat” AJ rahbar va xodimlari, o‘rinbosarlari, ekspertlar, tizimdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari, dilerlik markazlari rahbarlari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Sessiyada avtomobillar narxi oshishi, ularning oldi-sotdi jarayonlarida fuqarolar duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida so‘z yuritildi hamda ko‘pchilikka qiziq bo‘lgan savollarga javoblar berildi.

Xususan, sessiyada “1-avgustdan e’tiboran GM Uzbekistan avtomobillari narxi 14 foizga oshishi munosabati bilan shu sanaga qadar avtomobil uchun 85 foiz to‘lovni amalga oshirganlar qo‘shimcha to‘lovni amalga oshiradimi?”, degan savolga “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Shavkat Umurzoqov quyidagicha javob berdi:

“1-avgust sanasiga qadar avtomobil sotib olish uchun 85 foiz to‘lovni amalga oshirgan fuqarolar avtomobillarni eski narxda sotib oladi. Ularga yangi narx ta’sir o‘tkazmaydi”.

Shavkat Umurzoqovning qayd etishicha, narx oshgunga qadar to‘lovni amalga oshirgan fuqarolar avtomobilni shartnomada ko‘rsatilgan sanada, ya’ni o‘z vaqtida olishi mumkin bo‘ladi.

Яндекс.Метрика