У нас есть только
оригинальные песни

1-dekabrdan Milliy TV O‘zbekistonning 11 ta mintaqasida uzatila boshladi

calendar 01.12.2016
2661

Yangi Milliy telekanalini raqamli televideniye orqali uzatish Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida boshlandi.

Milliy TV’ni ulash uchun televizor yoki resiver (tyuner)ning avtoqidiruv tizimidan foydalanib, uni kanallar qatoriga qo‘shish talab etiladi.

Yaqin kunlarda Milliy TV’ni Xorazm, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida yashovchi teletomoshabinlar ham ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Shunday qilib, dekabr oyining oxirigacha Milliy TV dasturlarini butun O‘zbekiston bo‘ylab kuzatish imkoniyati yuzaga keladi.

Яндекс.Метрика