У нас есть только
оригинальные песни

1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda

calendar 17.02.2018
1624

Joriy yilning 1 martidan boshlab tizimli ravishda umumiy o'rta ta`lim maktablarining 1-sinflari haftalik o'quv davomiyligi 5 kun bo'lgan o'qish jarayoniga o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda KUN.UZ’ning Xalq ta`limi vazirligidagi manbasi xabar berdi.

Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashidagi manbaning bildirishicha, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 fevraldagi 11-sonli yig'ilishi bayoni bilan shunday o'zgarish joriy etilmoqda.

5 kunlik o'qish jarayoniga o'tilishi munosabati bilan ota-onalar va keng jamoatchilik o'rtasida bu borada targ'ibot tadbirlari amalga oshiriladi. 

Qayd etilishicha, hozir 1-sinf o'quvchilari besh kunlik o'qish tartibiga o'tkazilsa, keyingi o'quv yilidan boshlab 5-sinfgacha bo'lgan o'quvchilar ham bu jarayonga jalb etiladi.

Targ'ibot tadbirlari davomida asosan ota-onalarning farzandlari bilan oilaviy dam olishlariga, oilani jipslashtirish, ota-onalar va farzandlar o'rtasida mehr-oqibatni rivojlantirish hamda chin ma`nodagi oilaviy an`analarni vujudga keltirish, madaniy tarixiy obidalarga birga sayohat uyushtirish masalalariga alohida e`tibor qaratiladi. 

Яндекс.Метрика