У нас есть только
оригинальные песни

1-sentabrdan O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi birinchi 4K formatidagi Lux.TV telekanali ishga tushiriladi

calendar 31.08.2018
1599

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2018-yilning 1-sentabridan MDH mamlakatlari va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘lib mutlaqo yangi hisoblangan 4K formatli yuqori tiniqlikdagi Lux.TV 4K telekanalini ishga tushirmoqda. Bu haqda O‘zMTRK raisi Alisher Xo‘jayev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Bu Raqamli televideniyega o‘tish bo‘yicha Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Lux.TV 4K telekanali O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining texnik va texnologik imkoniyatlarini namoyish etuvchi yuqori darajali brendga aylanishi kutilmoqda. U 24 soat uzluksiz namoyish etadi.

“Lux.TV 4K telekanali o‘z dasturlari yordamida teletomoshabinlarni a’lo kayfiyat ulashuvchi orombaxsh lahzalarga oshno qilib, mazmunli hordiq chiqarish bilan bir qatorda turmush tashvishlaridan bir muddat uzoqlashib, hayot go‘zalliklaridan bahra olishga chorlaydi”, — deyiladi xabarda.

 

Яндекс.Метрика