У нас есть только
оригинальные песни

1 yanvardan «Yagona darcha» markazlari Davlat xizmatlari markazlariga aylantiriladi

calendar 30.12.2017
923

2018 yil 1 yanvardan boshlab «Yagona darcha» markazlari Davlat xizmatlari markazlariga aylantiriladi.

Qayd etilishicha, mazkur o'zgarish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi Farmoni bilan belgilangan. Farmonga ko'ra Davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalari quyidagilar:

jismoniy va yuridik shaxslarga «yagona darcha» tamoyili bo'yicha, shu jumladan olis joylarga chiqqan holda davlat xizmatlari ko'rsatish;

davlat xizmatlari servisining yuqori sifati, tezkorligi, shaffofligi, qulayligi va foydalanish imkoniyatini ta`minlash, mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa ma`muriy to'siqlarga yo'l qo'ymaslik;

idoralararo hamkorlikni, eng avvalo, davlat xizmatlari ko'rsatish uchun zarur hujjat va axborotlarni tezkorlik bilan olishni ta`minlovchi elektron hamkorlikni amalga oshirish;

davlat xizmatlari ko'rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordamlarini taqdim etish;

vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko'rsatishda qonun hujjatlari va ma`muriy reglamentlar talablariga rioya etilishini ta`minlash.

Яндекс.Метрика