У нас есть только
оригинальные песни

2012-yilda eng yaxshi deb topilgan telefonlar xaqida!

calendar 23.05.2012
15793
  Telefonlarni qanday tanlash kerak bu savolga uylamay javob berish qiyin.Keling sizga 5 ta xar xil markali telefonlarni xususiyatlari xaqida gapirib bersam.

Eng uzoq vaqt xizmat qiladigan smartfon.

Xozirda Motorola Razr Maxx Droid telefoni akumlyatori kuchi eng uzoq vaqtga yetadi.Bu telefonga yetadigani xozircha yo'q.Siz bu telefondab bir necha kun to'xtovsiz so'zlashishingiz mumkun.Juda ingichka va maftunkor korpusga ega bo'lgan bu telefon odamni o'ziga jalb etmay quymaydi.Uni despleyi yorqin va rang barang bo'lib,yashin tezligida ishlovchi internet sababli ajoyib multimediya uskunasiga aylangan.
Biroq Motorola Razr Maxx Droid ni  ham kamchiliklari bor.Unda Adroid 4.0 mavjud emas.Kamerasi ham maqtashga loyiq emas.


Windows bazasida ishlovchi telefon.

Windows oilasiga mansub bugun eng yetakchi orinda turgani Samsung focus 5 xisoblanadi.Bundan tashqari u eng yengil telefon hamdur.Shuningdek yorqin 4,3 dyumli AMOLED ekrani barmoqlar yaqinlashuviga a'lo darajada javob beradi.Biroq bu telefonni ham kamchiliklari mavjud.Bu aparatni korpusi juda ham murt shunchun ham hammaga birdek yoqavermaydi.


Android asosida smartfon.

Agar siz android OS muxlisi bo'lsangiz etiboringizni Samsung Galaxy Nexus ga qaratamiz.Bu telefon dunyodagi eng tez ishlaydigan simsiz internet LTE ni o'ziga jamlagan.
Kamchiligi:Apparatda xotira kartasi uchun stol mavjud emas.ichki xotirasi esa juda kichkina.


Multimediali smartfon.

Bunday smartfonlar ichida yetakchilik iPhone 4S ga tegishlidir.Tezkor prossesor,ajoyib kamera yana koplab imkoniyatlar.

Kamchiligi juda qimmatligi.


Smartfon bo'lmagan juda ajoyib telefon.
Xamma ham telefonidan internetga ulanish,uyin uynashga qiziqavermaydi.Shunday insonlar uchun Samsung SPH-M370 ni tavsiya qilamiz.Bu telefon faqat so'zlashish uchun mo'ljallangan.
Kamchiligi bu telefonda xatto oddiy pller ham yo'q.Juda sodda ova oddiy ishlangan.



Inernet malumotlari asosida tayyorlandi

Яндекс.Метрика