2015 yilning yanvar-sentyabr oylari oralig'ida okean usti hamda quruqlikdagi o'rtacha havo harorati 136 yil ichidagi eng yuqori ko'rsatkichni qayd etdi.
Butunjahon meteorologiya tashkilotining ma'lumotiga ko'ra, havo harorati avvalgi ko'rsatkichlardan 0,85 daraja yuqori bo'lgan. Bu 1880-2015 yillardagi yanvar-sentyabr oylarida eng yuqori harorat.
Shuningdek, joriy yilning sentyabr oyi ham oxirgi 136 yil ichidagi eng yuqori darajadagi issiqlik ko'rsatkichini qayd etdi.
"Rekord darajadagi issiqlik Janubiy Amerikaning asosiy qismida, Afrikaning bir nechta hududlarida, Yaqin Sharqda, Еvropa hamda Osiyoda qayd etildi”, – deb xabar bermoqda meteorologiya tashkilot.