У нас есть только
оригинальные песни

2015 yilda Germaniyada 1,1 million qochqin ro'yxatdan o'tdi

calendar 06.01.2016
809

Germaniyada 2015 yilda qariyb 1,1 million qochqin ro'yxatdan o'tdi, ularning 428,5 ming nafarga yaqini suriyaliklardir. Bu haqda chorshanba, 6 yanvar kuni mamlakat IIV bayonotiga tayanib TASS xabar qildi.

Suriyaliklar bilan bir qatorda mamlakatga Afg'oniston (154 ming) va Iroq (122 ming) fuqarolari ham qochqin sifatida ro'yxatdan o'tgan. Ta'kidlanishicha, Germaniya shu vaqtga qadar bu qadar ko'p boshpana izlovchilarni qabul qilmagan.

“Bunday katta miqdordagi oqim (qochqinlar) sababli biz so'nggi vaqtlarda hali duch kelmagan chaqiriqlar qarshisida qoldik”, - dedi Germaniya IIV rahbari Tomas de Mezer.

Яндекс.Метрика