У нас есть только
оригинальные песни

2015 yilda “O'zbeknavo” 10ga yaqin litsenziyalarni to'xtatib qo'ydi

calendar 26.01.2016
1668

2015 yil davomida “O'zbeknavo” yestrada birlashmasi kontsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash to'g'risidagi nizom hamda litsenzion kelishuv talablarini buzgan 10ga yaqin artistlarning litsenziyalarini to'xtatib qo'ydi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Agentlik manbasining so'zlariga qaraganda, ayni kunlarda litsenziya olish shartlari qattiqlashtirilgan, ammo bu san'atkorlar cheklanmoqda yoki taqiqlanmoqda, degani yemas.

“Litsenziya olishda har bir artist “O'zbeknavo” bilan kelishuv imzolaydi, - dedi u. – Bu davlat organi, u nafaqat litsenziya beradi, balki kontsert tashkilotchilar va ijrochilarini himoya qiladi va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Agar artist yoki uning prodyuseri litsenzion kelishuv shartlarini buzsa, litsenziyaning amal qilishi noma'lum muddatga to'xtatib qo'yiladi, bu haqdagi ye'lon birlashma saytida chiqariladi”.

O'tgan yili litsenziyasidan mahrum bo'lgan san'atkorlar qatorida Lola, Anvar Sobirov, Yagona, Tamilla va boshqalar bor.

Яндекс.Метрика