У нас есть только
оригинальные песни

2015-yilda O‘zbekiston bojxonachilari 3 ming litrdan ortiq alkogol mahsulotlarining olib o‘tilishiga chek qo‘ydi

calendar 12.02.2016
910

O‘zbekiston bojxonachilari tomonidan alkogol mahsulotlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar faol olib bormoqda.

Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Nukus—Olmaota yo‘lovchi poyezdini bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida qo‘shni davlat fuqarosi J.Jumanov (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) tomonidan bojxona bayonnomasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan qiymati salkam 2 million so‘mlik 60 litr hajmdagi 120 dona spirtli ichimliklarni yashirin ravishda olib o‘tishga uringani fosh bo‘ldi.

Shuningdek, “Boshpochtampt” bojxona posti xodimlari Italiyadan fuqaro D.Avdeyev nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasini amaldagi tartiblarga muvofiq bojxona ko‘rigidan o‘tkazganda, jo‘natmadagi buyumlar orasida qiymati salkam 5,5 million so‘mlik 24 litr hajmdagi 32 dona vino borligi aniqlandi.

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan ham havo yo‘llari orqali alkogolli ichimliklarning noqonuniy ravishda olib kirilishiga oid bojxona qoidabuzarliklari fosh etildi.

Jumladan, Seul—Toshkent reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan yo‘lovchi R.Xamdamovaga tegishli yo‘l sumkasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, ushbu ayol yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmagan salkam 90 litr hajmdagi 139 dona sodju alkogolli ichimliklarini yashirin ravishda olib kirishga uringani aniqlandi.

Nyu-Yorkdan uchib kelgan yo‘lovchi D.Jo‘raqulov ham bojxonachilarning ko‘zini shamg‘alat qilishga urinib, 7 turdagi 13 shisha alkogolli ichimliklarni olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig‘i to‘lamasdan O‘zbekistonga olib kirish me’yorlariga muvofiq faqat 2 litrgacha bo‘lgan barcha turdagi alkogol mahsulotlarini respublikaga bemalol olib kirishga ruxsat etiladi.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan 2015-yil davomida O‘zbekiston bojxonachilarining huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda olib borgan chora-tadbirlari natijasida aniqlangan 66 ta qonunbuzarlik holatlarida qiymati salkam 110 million so‘mlik 3 ming litrdan ortiq spirt va alkogolli mahsulotlarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Яндекс.Метрика