У нас есть только
оригинальные песни

2015 yilda yeng ko'p yangi avtomobil sotilgan davlatlar ro'yxati ye'lon qilindi

calendar 26.01.2016
1500

2015 yilda butun dunyoda 90 millionga yaqin yangi avtomobil sotildi. Bu haqda focus2move portaliga tayangan holda “Avtostat” xabar bermoqda. Unda keltirilishicha, 2009 yildan buyon Xitoy savdolar hajmi bo'yicha AQShni quvib o'tgan holda yetakchilikni saqlab kelmoqda. O'tgan yilda mamlakatda qariyb 25 million dona yangi avtomobil sotilib, bu boradagi o'sish ko'rsatkichi 6 foizni tashkil yetdi.

17,5 million yangi avtomobil sotilgan AQSh bozori 5,7 foizlik o'sishni qayd yetgan holda ikkinchi pog'onani band qildi. Iqtisodiy o'sish sur'atlari bir oz sustlashganiga qaramasdan, 5 million yangi mashina sotilgan Yaponiya avtobozori uchinchi o'rinda muqim qoldi. Biroq savdolar hajmi o'tgan yilga qaraganda 7,9 foizga kamaydi.

Natijalarini 5,6 foizga yaxshilagan holda 3,2 million mashina xarid qilgan germaniyaliklar reytingdagi natijani ham o'nglashga muvaffaq bo'lishdi. O'tgan yili 4- o'rinni band qilgan Hindiston bozori yesa kuchli beshlikka yakuni yasadi. Hindlar bir yil davomida 2,78 million yangi avtomobil sotib olishdi.

Shuningdek, Britaniya (2,63 mln dona, 6,3 foiz o'sish), Braziliya (2,48 mln dona, 25,6 foiz pastlash), Frantsiya (1,92 mlndona, 6,8 foiz o'sish), Kanada (1,9 mln dona, 2,6 foiz o'sish), Janubiy Koreya (1,82 mln dona, 13,1 foiz o'sish) va Italiya (1,58 mln dona, 15,7 foiz o'sish) ham yuqori o'rinlarda tilga olindi.

Яндекс.Метрика