У нас есть только
оригинальные песни

2015 yilning 1 yanvaridan Janubiy Koreyaning barcha umumiy ovqatlanish joylarida chekish taqiqlanadi

calendar 14.12.2014
2275


2015 yilning 1 yanvaridan boshlab Janubiy Koreyaning barcha restoranlarida va umumiy ovqatlanish joylarida sigaret chekish taqiqlanadi. Bu haqda mamlakatning Sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot vazirligi axborot beradi. Hozirda chekish maydoni 100 kv metrdan katta bo'lgan kafe va restoranlarda taqiqlangan bo'lsa, kelasi yildan bu taqiqlov barcha ovqatlanish shaxobchalariga, shu jumladan, internet-kafelarga ham qo'llanadi. Bu muassasalarga tashrif buyuruvchilar yangi qoidalarga ko'nikishlari uchun martgacha davom etadigan o'tish davri amalga kiritiladi.Bu muddat o'tgandan keyin taqiqlovni buzgan chekuvchining o'ziga 100 ming von (90 dollar), muassasa egasiga esa 1,7 mln von (1,53 ming dollar) jarima solinadi. Bundan tashqari, mamlakatdagi barcha ovqatlanish shaxobchalari (ular 600 mingdan ko'proq) chekuvchilar uchun mo'ljallangan stollarni bartaraf etishlari hamda agar zaruriyat tug'ilsa, chekmasdan tura olmaydiganlar uchun alohida xonalar tashkil etilishi kerak.
Яндекс.Метрика