У нас есть только
оригинальные песни

2015-yilning yozida ikki qizni urib ketgan avtobus haydovchisiga amnistiya qo‘llanilib, ozod etildi

calendar 15.01.2016
1811

2015-yilning yozida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir etilgan YTH oqibatida ikki qizning o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisi Hikmat Qodirov sudning qaroriga asosan qamoq jazosidan ozod etildi. 

20-avgust kuni Qodirov boshqarayotgan Isuzu avtobusi reys avtobusini quvib o‘tishga urinib, yo‘lning ajratuvchi chizig‘ida turgan Madina Muratshina va Yelena Shishkalovani urib ketgan edi. Madina voqea joyida, Yelena esa shifoxonada vafot etganligi ma’lum qilingan edi.

Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-bandi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining yakuniy majlisi 8-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Ayblanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, jinoyatni ehtiyotsizlik oqibatida sodir etganligini ma’lum qildi.

Sudya Shermuhammad Saidov hukm chiqarish chog‘ida bir qator vaziyatni yumshatuvchi holatlar, jumladan, aybdorning aybiga iqrorligi va pushaymonligi, uning sudlanmaganligi, jinoyatni ehtiyotsizlik oqibatida sodir etganligi, shuningdek, oilasining yagona boquvchisi ekanligini hisobga oldi. Sud hukmiga ko‘ra, Hikmat Qodirov aybdor deb topildi va unga nisbatan besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etish va uch yil davomida transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish jazolari tayinlandi.

Shu bilan bir paytda, sud Senatning 3-dekabrdagi amnistiya haqidagi qarorining 2-bandiga (“Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar… ozod qilinsin”) asoslanib, ayblanuvchini qamoq jazosidan ozod etish haqida qaror qabul qildi.

“Biz, qizlarning qarindoshlari va yaqinlari, sud hukmidan hayratda qoldik. Ikki yosh qizning o‘limida aybdor bo‘lgan odam jazosiz qolmoqda. Ota-onalar bu hukmni adolatsiz deb hisoblaydi va uning ustidan shikoyat qiladi”, — deydi Yelenaning opasi Lyudmila.

Яндекс.Метрика