У нас есть только
оригинальные песни

2016-yilda eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

calendar 31.12.2016
2937

O‘zbekiston kinosanoatida yozilmagan bir qoida bor — barcha filmlarning asosiy taqdimoti Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyda bo‘lib o‘tadi. 2015-yilning dekabridan 2016-yil yakuniga qadar bu kinokoshonada 40 ga yaqin premyera tashkil etildi.

Jurnalist Feruz Muhammad, kinosaroy kassasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida, 2016-yilning eng ko‘p tomoshabin to‘plagan milliy filmlar o‘nligini tayyorladi.

E’tiborli tomoni, yilning eng tomoshabop o‘zbek filmlari reytingidan davlat buyurtmasi asosida suratga olingan faqat bir film — “Baron” o‘rin olgan. Mazkur film yil boshida O‘zbekiston kinoteatrlarini tomoshabinlarga to‘ldirgan edi.

10-o‘rin. “Men yolg‘onchiman” (fantastik komediya)

Rejissor — Behzod Joniyev. Namoyishi 13-fevralda boshlangan.

9-o‘rin. “Boyvachcha kuyov” ( komediya)

Rejissor — Bahrom Yoqubov. Namoyishi 15-oktabrda boshlangan.

8-o‘rin. “Toshtabib” (komediya)

Rejissor — Javlon Shodmonov. Namoyishi 23-aprelda boshlangan.

7-o‘rin. “Aldagani quda yaxshi” (komediya)

Rejissor — Naufal Sulaymonov. Namoyishi 2-avgustda boshlangan.

6-o‘rin. “Vahshiy” (drama)

Rejissor — Ozod Shams. Namoyishi 11-mayda boshlangan.

5-o‘rin. “Notanish qotil” (jangari)

Rejissor — Azamat Ahrorov. Namoyishi 16-sentyabrda boshlangan.

4-o‘rin. “Majnun” (melodrama)

Rejissor — Jahongir Ahmedov. Namoyishi 7-martda boshlangan.

3-o‘rin. “Qaysarginam” (komediya)

Rejissor — Azamat Ahrorov. Namoyishi 2015-yil 13-dekabrda boshlangan.

2-o‘rin. “Dadam bilmasin” (komediya)

Rejissor — Jahongir Ahmedov. Namoyishi 2015-yil 30-dekabrda boshlangan.

1-o‘rin. “Baron” (drama)

Rejissor — Rustam Sa’diyev. Namoyishi 16-yanvarda boshlangan.

Яндекс.Метрика