У нас есть только
оригинальные песни

2016 yilda noutbuklarga yanada talab kamayishi prognoz qilinmoqda

calendar 21.01.2016
1015

Digitimes Research tahlilchilari joriy yil uchun noutbuklar jahon bozori bo'yicha prognoz berishdi: mutaxassislarning fikricha, bunday qurilmalarga talab kamayishda davom etadi.

Baholashlarga ko'ra, 2015 yilda jahon bo'ylab 157,4 mln dona noutbuk sotilgan. Bu ko'rsatkich 2014 yildagi savdo ko'rsatkichlaridan 9 foiz kamroq bo'lgan. Prognozlarga ko'ra, 2016 yilda noutbuklar savdosi yana 2,5 foizga kamayadi va 153,5 mln donani tashkil qiladi.

2016 yilda eng ko'p noutbuk sotadigan kompaniya Xitoyning Lenovo kompaniyasi bo'ladi, uning hissasiga jami savdoning 22,5 foizi to'g'ri keladi. Taxminlarga ko'ra, kompaniya yil davomida 34,5 mln dona noutbuk sotishi mumkin.

Bu borada 2- va 3-o'rinni Hewlett-Packard va Dell kompaniyalari egallaydi, ularning hissasiga jami savdolarning mos ravishda 21,4 va 13,8 foizi to'g'ri keladi. Bu kompaniyalar joriy yil davomida mos ravishda 32,8 va 21,1 mln dona noutbuk sota olishlari mumkin.

Shuningdek, etakchi noutbuk ishlab chiqaruvchilar orasidan Apple (11,9 %), ASUS (10,2 %), Acer (8,9 %), Samsung Electronics (2,8 %), Toshiba (1,7 %) va Fujitsu (1,1 %) kompaniyalari ham o'rin oladi.

Яндекс.Метрика