У нас есть только
оригинальные песни

2016 yilda Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlaridagi 40ta ob'ekt Wi-fi tarmog'iga ulanadi

calendar 25.12.2015
1028

                                         

«O'zbektelekom» AK «O'zbekturizm» milliy kompaniyasi bilan hamkorlikda 2016 yilda Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlaridagi 40 ta ob'ektga Wi-Fi tarmoqlarini o'rnatadi. Bu haqda 25 dekabr kuni “O'zbektelekom” AK tomonidan o'tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Tadbirda ta'kidlanganidek, «O'zbektelekom» O'zbekistonning tarixiy va madaniy meros ob'ektlari hududida, jumladan, sayyohlar ko'p bo'ladigan joylarda Wi-Fi tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha ish olib bormoqda.

Bugungi kunga qadar «O'zbektelekom» AK tomonidan Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridagi 25 ta tarixiy va madaniy meros ob'ektlari hududida, sayyohlar ko'p bo'ladigan (turistlar ko'p tashrif buyuradigan aeroport, vokzal, yirik savdo markazlari, bozorlar, avtostantsiyalar va boshqalarda) joylarda Wi-Fi tarmog'i ishga tushirildi. Bundan tashqari, ikki ob'ektda rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda.

Xizmatning qulay tomoni shundaki, foydalanuvchilar bir Wi-Fi kartasi yordamida «O'zbektelekom»ning Wi-Fi tarmog'iga kiritilgan barcha ob'ektlardagi kompaniya internet xizmatlaridan foydalana oladi. Agar abonent kartani Xivada sotib olgan bo'lsa, undan boshqa shaharlarda ham foydalanishi mumkin.

Яндекс.Метрика