Rossiya Federal migratsiya xizmati mamlakat hududiga kirish punktlarida chet elliklarning barmoq izlarini olish uchun maxsus komplekslar o'rnatadi. Bu haqda "Izvestiya” gazetasi yozmoqda.
Nashrda ta'kidlanishicha, yangi tartib
ilgariroq deportatsiya qilingan, endilikda ism-sharifini o'zgartirib
mamlakat hududiga kirishga harakat qilayotgan shaxslarni aniqlash
imkonini beradi.
Ayni paytda daktiloskopik ekspertiza faqat vizasiz
mamlakatlardan tashrif buyurgan muhojirlar ishlash ruxsatnomasini olishi
paytida qo'llanadi.
Endilikda boshqa davlatlar fuqarolari ham bunday sinovlarga duchor bo'lishi mumkin.
Ta'kidlanishicha,
ayni paytda Rossiyaga kirish 400 punkt orqali amalga oshirilmoqda,
ularning yarmi yo'lovchilarga mo'ljallangandir. Ularning barchasi
daktiloskopik uskunalar bilan ta'minlanishi dasturi 2016-2020 yillarga
mo'ljallangan.