У нас есть только
оригинальные песни

2016 yili O'zbekiston Belarusga Ravon brendi ostida avtomobil etkazishni yo'lga qo'yadi

calendar 17.10.2015
2668

2016 yildan O'zbekiston Ravon brendi ostidagi avtomobillarni Belarus bozoriga etkazib berishni boshlaydi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar berildi. 

"Ravon Chevrolet’ning tanish mashinalari taqdim etiladigan yangi brenddir. Masalan, Chevrolet Aveo’ni qayta ishlab chiqqan kompaniya Ravon Nexia’ga ega bo'ldi, xuddi shunday qilib Chevrolet Lacetti Ravon-Gentra’ga aylandi. 

Yaqin paytlar ichida Chevrolet Cobalt Ravon R4ga va Chevrolet Spark Ravon R2ga aylanadi”, - deyiladi autoban.by nashrida. 8 oktyabr kuni Moskvada yangi brend taqdimoti bo'lib o'tgan edi. Uz Daewoo mashinalari endi Rossiya avtobozorida shu nom ostida sotilishi ma'lum qilingan edi.
Яндекс.Метрика