У нас есть только
оригинальные песни

2016-yilning eng yomon videoo‘yinlari reytingi tuzildi

calendar 20.12.2016
2670


Metacritic fikrlar agregatori 2016-yilning eng yomon o‘yinlari o‘nligini tuzdi. Ta’kidlanishicha, reytingga 2016-yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha chiqarilgan va jurnalistlarning kamida yettita taqrizini to‘plagan yirik loyihalargina kirdi.

Metacritic’ning antitopida eng yomon o‘yin Ghostbusters bo‘ldi, u 100 balldan 30 ball to‘pladi. Ikkinchi o‘rinda Dino Dini’s Kick Off Revival futbol simulyatori, uchinchi o‘rinda esa Soda Drinker Pro joylashdi. Ularning har ikkalasi ham 100 dan 31 reytingiga ega.

To‘rtinchi pog‘onani Weeping Doll xorrori band etdi, uni tanqidchilar hech ham qo‘rqinchli emas deb topdi. Undan keyingi pog‘onalarni RPG Langrisser Re: Incarnation — TENSEI, 7 Days to Die zombi-ekshni, Umbrella Corps kooperativ shuteri, Rossiyaning Alekhine’s Gun o‘yini, Coffin Dodgers poyga arkadasi va Ace Banana tiri egalladi.

Яндекс.Метрика