У нас есть только
оригинальные песни

2016 yilning ilk kunida Еr yuzi aholisi qariyb 7,3 mlrd kishini tashkil etadi

calendar 31.12.2015
1367

Еr yuzi aholisi 2016 yilning 1 yanvar kunida deyarli 7,3 mlrd nafarni tashkil etadi. Bu haqda AQSh Aholini ro'yxatga olish byurosi ma'lum qilgan.

Prognozda aytilishicha, 1 yanvar holatiga ko'ra Еr yuzidagi kishilar soni 7 mlrd 295 mln 889 ming 256 kishini tashkil etadi. Bu 1 yil oldingida 78 millionga ko'p bo'ladi va 1,08 foizlik o'sish ko'rsatkichi qayd etiladi.

Eng ko'p aholiga ega davlatlar Xitoy va Hindiston bo'lib qolmoqda. Xitoyda 1,367 mlrd, Hindistonda esa 1,252 mlrd kishi yashamoqda. Keyingi o'rinlarda AQSh, Indoneziya, Braziliya, Pokiston, Nigeriya, Bangladesh, Rossiya va Yaponiya joylashgan.

AQShda aholi soni yangi yilning birinchi kunida 322 mln 762 ming kishiga etishi kutilmoqda. Bu 1 yilda 0,77 foizlik o'sish evaziga (2,47 mln) ro'y beradi. AQSh aholisi 2010 yildan buyon 14 mln kishiga ko'paygan.

Ro'yxatda to'qqizinchi bo'lib turgan Rossiya aholisi esa 142 mln 423 ming kishiga teng.

Bundan oldinroq, BMT va Vashington universiteti mutaxassislari Еr yuzi aholisi 2100 yilga borib 12,3 milliardga etishi mumkinligini aytishgandi.

Яндекс.Метрика