У нас есть только
оригинальные песни

2017-yil yakunlari bo‘yicha “E’tirof” mukofoti topshirilmaydi

calendar 10.01.2018
1147

2017-yil yakunlari bo‘yicha “E’tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazilmaydi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

“2017-yil yakunlari bo‘yicha “E’tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazilmasligi aniq bo‘ldi”, — deb ma’lum qiladi vazirlik matbuot xizmati.

“E’tirof” mukofoti “Teatr, kino va ommaviy tomoshalar”, “Estrada, an’anaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs san’ati”, “Tasviriy va amaliy san’at”, “Badiiy ijod, jurnalistika va televideniye”, “Sport”, “E’tibor, ehtirom, e’zoz” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilar edi.

Ma’lumot uchun, “E’tirof” mukofoti taqdimoti ilk marta 2013-yil dekabr oyida tashkil etilgan. 2014- va 2015-yillarda ham mukofotning taqdimoti dekabr oyida o‘tkazilgani sabab, 2016-yil dekabrida mukofot bekor qilingani haqida turli gap-so‘zlar tarqalgan edi. 2016-yil yakunlari bo‘yicha “E’tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi doimiy vaqtidan biroz kechikkan holda, 2017-yil 14-fevral kuni “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan edi.

Яндекс.Метрика