У нас есть только
оригинальные песни

2017 yilda Germaniya Gran-prisi o'tkazilmaydi

calendar 18.12.2015
1066

2017 yilda "Formula-1" bo'yicha Germaniyada o'tishi belgilangan Gran-pri o'tkazilmaydigan bo'ldi. “Formula-1” poygalari rahbari Berni Ekklstoun Germaniya tomoni musobaqani o'tkazishga qiziqishni yo'qotgani haqida xabar bergan.

Poygada germaniyalik pilotlar Sebastyan Fettel va Niko Rosberg ishtirok etayotganiga qaramay, unga bo'lgan qiziqish keskin tushib bormoqda.

2015 yil Nyurburgring trassasi moliyaviy muammolar sabab bosqichni o'tkaza olmagandi. Ekklstoun esa Germaniyada poygaga qiziqishning tushib ketganini tushuna olmayotganini aytmoqda. 2016 yil Xokkenxaym trassasi bosqichni qabul qiladi.

2017 yili poygani o'tkazishi lozim bo'lgan Nyurburgring esa buni istashini bildirmagan. Ekklstoun ushbu avtodromni sotib olish niyatida yurgandi, biroq keyinchalik ko'proq narx taklif qilgan tomonga avtodrom pullangan.

Яндекс.Метрика